Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Albatta, Alloh taolo Oʻzi uchun koʻtarilgan qoʻlni boʻsh qaytarmaydi.
Oʻziga duo bilan iltijo qilgan qalbni xor qilmaydi.
U haqida yaxshi gumon qilgan bandasining gumonini yerda qoldirmaydi.
«Xovatir roqiya jurnali»
*****
Ayollarni hurmat qiladigan kishi, ayrimlar aytganidek, qoʻy emas. Balki, erkaklik, mardlik va oliyjanoblikning choʻqqisidadir. Chunki, ayollarni hurmat qilish xalqlarning eng buyugi boʻlgan sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning vasiyatlaridir.
«Xovatir roqiya jurnali»
*****
- Zaiflar oʻch oladilar.
- Kuchlilar kechiradilar.
- Aqllilar bilmaslikka oladilar.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Yosh tabibdan va keksa sartaroshdan ehtiyot boʻl.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Ekkaningni sugʻormaydigan shaxslarning bogʻlariga gullar ekishni bas qil.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Shogird – ichi toʻldiriladigan idish emas. Balki u bir shuʼla boʻlib, uni yoqish sening zimmangdadir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Qoʻylaringni boqib turib ham kitob oʻqishing mumkin. Madaniyatning qahvaga hech qanday aloqasi yoʻq (yaʼni qahva ichib kitob oʻqish kerak, shunday qilinsa, kitob yaxshi oʻzlashtiriladi degan gap yoʻq).
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Haqni koʻra-bila turib, uni qoʻllab-quvvatlamagan kishi qoʻrqoqdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Johillik – kishi oʻzini himoya qilish uchun dalil-hujjati qolmaganda, necha marta soʻkish soʻzlarini ishlatgani bilan oʻlchanadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Kim hamma odamlarni rozi qilishga urinsa, umrini zoye qiladi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Shaxsiy manfaatingni jamiyat manfaatidan ustun qoʻyganingda, Vatan inqirozga yuz tutadi.
«Tarix muhrlagan soʻzlar»
*****
Doʻstimdan «Nega xoʻrozingiz qichqirmay qoʻydi?» deb soʻradim. Shunda u «Qoʻshnilar shikoyat qildi. Aytishlaricha, tongda qichqirib, ularni bezovta qilayotgan emish. Shuning uchun soʻyib yubordik» deb javob berdi. Bu gapni eshitib bir narsani oʻyladim: «Odamlarni uygʻotishga urinuvchilarni koʻpchilik yoqtirmas ekan».
«Tarix muhrlagan soʻzlar»
*****
Jannat haqida fikr qiling, oʻylang. Shunda dunyo koʻzingizga kichik koʻrinadi.
«Xovatir roqiya jurnali»
*****
Qarz soʻrab borsa…
Farzandi bemorligi sababli zudlik bilan muolajaga pul kerak boʻlib, qarz soʻrab borsa, puli bor, oʻrtada ishonchsizlik yuz bermagan boʻlsa-da, qarz bermay, uning oʻrniga “Hozir hammagayam osonmas” deb gap boshalab, nasihat qiladiganlarni tushunmayman.
Yo berish kerak yoki berish niyati boʻlmasa, “Oshna, berolmayman” deb gapni qisqa qilish kerak.
*****
Boʻron boʻlayotganda yonimda turmagan kishiga (boʻron tinib) Quyosh chiqqanda ehtiyojim boʻlmaydi.
«Tarix muhrlagan soʻzlar»
https://saviya.uz/ijod/nasr/haqni-kora-bila-turib-uni-qollab-quvvatlamagan-kishi-qorqoqdir/