Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Sening birovga qizigʻing boʻlmasa ham, ota-onangga qizigʻing bor.
Barcha tomoshabinlar sendan yuz oʻgirsa ham, ota-onang yoningda turib, barchaning oʻrnini bosadi.
*****
Agar orzularingni roʻyobga chiqarish uchun harakat qilmasang, birov sendan oʻzining orzularini roʻyobga chiqarishda foydalanadi.
«Tarix muhrlagan soʻzlar»
*****
Tushlaring haqiqatga aylanishini istasang, buning uchun qiladigan birinchi ishing — uygʻonishingdir.
«Tarix muhrlagan soʻzlar»
*****
Qorongʻudan qoʻrqadigan yosh bolani kechirish mumkin. Ammo nurdan, yorugʻlikdan qoʻrqadigan odamlarni kechirib boʻlmaydi.
«Tarix muhrlagan soʻzlar»
*****
Haqiqiy doʻst – hamma sendan uzoqlashayotgan paytda sen tarafga qarab yurgan kishidir.
«Tarix muhrlagan soʻzlar»
*****
Agar faqirlik va johillikka qarshi kurashmasak, kuni kelib kambagʻallar va johillar bilan kurashishga toʻgʻri keladi.
«Tarix muhrlagan soʻzlar»
*****
Sen har qancha solih shaxs boʻlsang ham, odamlar senga oʻzlarining xarakterlari va hojatlaridan kelib chiqib baho berishadi.
«Tarix muhrlagan soʻzlar»
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/haqiqiy-dost-hamma-sendan-uzoqlashayotgan-paytda-sen-tarafga-qarab-yurgan-kishidir/