HAQIQ

HAQIQ, aqiq — zargarlik buyumi, ayollar taqinchogʻi. Yirik hajmdagi Haqiq va b. qimmatbaho toshlarga Buxorodagi hind, eronlik ustalar husnixat bilan arab yozuvida matnlar (muhr, Qurʼon oyatlari)ni oʻyib bitganlar. Yirik hajmdagi toshlar sayqallangan, turli mujassamotlar (asosiy maydon — turunj, hoshiya va b.) hosil qilib oʻymakori bezatilgan hamda metall (kumush va b.) gardishlarga oʻrnatilgan; gardish atrofi kungurador boʻlib, yuqorisiga ilgak ishlangan, quyi qismi bargak, marjonli shokilalar bilan bezatilgan. Baʼzan tayyor bezatilgan Haqiqlar keltirilib, Buxoroda gardishga oʻrnatilgan. Haqiq asosan koʻkrak, kurak va b. joylarga osilib, odatda tumor va zifasini bajargan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x