HANDALAK

HANDALAK (Me1o spapda1ak) — QOVOQDOSHlar oilasiga mansub eng ertapi-shar qovun turi. Oʻzbekistonda Handalakning Koʻkcha H.-14 (P. N. Dudko), sariq H., Zamcha, Koʻk Kallapoʻsh, Bosvoldi, Obi Novvot va b. na&tari koʻp ekiladi. Koʻkcha H.-14 navining shakli yalpoq, kichik, ogʻirligi 0,7 — 2,5 kg. Yuzasi silliq yoki bilinar-bilinmas tilimli. Toʻri toʻliq. Toʻni enli (1,5 sm) qoramtir-yashil tasma koʻrinishi-da. Mevasi pishish arafasida yashil, pishganda sariq rangda boʻladi. Uzoq joylarga tashishga chidamsiz. 1946-y. dan Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan. Sariq Handalakning shakli biroz yalpoq, oʻrtacha kattalikda, ogʻirligi 1,2—2,3 kg. Yuzasi qisman tilim-li, toʻri toʻliq, mayda katakli. Rangi sariq. Poʻsti yarim qattiq, eti sar-gʻish-oq, qalinligi 3,5— 4 sm, tigʻiz, yumshoq, biroz shirinroq, hidli. tarkibida qand miqdori 4—5% (1,5 — 2,4% saxaroza), quruq modda 6,1— 7,8%. Niholi unib chiqqanidan soʻng mevasi 60—65 kunda pishadi. Hosildorligi 200—230 s/ga. Oʻzbekistonning jan. r-nlarida, ayniqsa Samarqand viloyatida koʻp ekiladi.

Ad.: Yermoxin V. N., Karimov K. K., Oʻzbekiston qovunlari, T., 1969.

Abdulaziz Abbosov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x