HANAFIYLIK — sunniylikvyat diniy-huquq mazhablaridan biri. Abu Hanifa Nuʼmon ibn Sobit (q. Imomi Aʼzam) asos solgan. Hanafiylik qoidalari Abu Yusuf Yoqub (795-y. v. e.), Muhammad ashShayboniy (804-y. v. e.), Quduriy (1036-y. v. e.) va b. asarlarida ishlab chiqilgan. Bu mazhab tarafdorlari fiqhning 4 asosiy manbaini eʼtirof etish bilan birga boshqa mazhablar vakillariga nisbatan fiqh talablariga rioya etishning qiyos va ijtihod usullaridan kengroq foydalanadi. Bu mazhabning asosiy xususiyatlari quy-idagilardan iborat: Qurʼoni karimdan hukm olishda oyatlarning nosix va mansuxlarini obdon aniqlab olish; hadisi shariflardan huquqqa doirlarini sharʼiy hukmlarga asos qilib olishda har bir hadisning sahihli-giga katta eʼtibor berish va ularning nosix, mansuxligini chuqur aniqlash; sahobalarning ittifoqlik ila chiqargan qarorlari (ijmoʼ) hamda qiyos va ijtihod usullariga binoan huquqiy xulosa chiqarishdan tashqari istihson deb ataluvchi qoʻshimcha manbadan ham foydalanish.
Hanafiylik mazhabi oddiy huquq (urf-odat) dan ham huquqning keng mustaqil yordamchi manbai sifatida foydalanadi, bu hol hayotiy ehtiyojlarni va mahalliy odatlarni hisobga olib huquqiy qarorlar qabul qilish imko-nini beradi. Bu mazhab qoidalari moʻtadilligi, birmuncha yumshoqli-gi, qulayligi, xalqlarning mahalliy anʼanalarini eʼtiborga olganligi sababli 11-a. dan boshlab shimol va sharqqa keng yoyilgan. Kichik Osiyo, Bolqon, Shim. Kavkaz, Qora dengiz, Volga boʻyilari, Oʻrta Osiyo mamlakatlari, Afgʻoniston, Hindiston va Xitoyning olis hududlariga tarqalgan. Hoz. davrda dunyo musulmonlarining qariyb yarmi, shu jumladan, yurtimiz musulmonlari Hanafiylik mazhabiga amal qilgan holda musulmonchilik qonun-qoidalarini bajarib kelmoqda.