HAMROYEV Rashid Hamidovich (1937.27.8, Buxoro – 1985.5.9, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1984). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1961). Toshkent teatr va rassomlik sanʼ-ati in-tida kafedra mudiri (1961—76), Toshkent madaniyat in-ti dotsenti (1974-y. dan). Yirik musiqiy-sahnaviy va simfonik musiqa janrlarida ijod qilib, «Zulmatdan ziyo» (1965), «Tong oldidan» (1972), «Shayx Sanʼon» (1980) operalari, 4 simfoniya (1965-85), fortepiano (1961), skripka (1973) va orkestr uchun kon-sertlar, «Abu Ali ibn Sino» vokal-simfonik poemasi, shuningdek, torli kvartet, turli kamer musiqa asarlari, musiqali dramalar kabi milliy ohanglar bilan sugʻorilgan, dramatik va lirik jozibador asarlar muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1966).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые