HAMROYEV Ali Ergashevich

HAMROYEV Ali Ergashevich (1937.19.5, Toshkent) — kinorej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Ergash Hamroyevning oʻgʻli. Moskva kinematografiya in-ti (VGIK)ni tugatgan (1961). 1961-y. dan «Oʻzbekfilm»da rej. «Bolalar haqida kichik hikoyalar» uning birinchi filmi. «Yor-yor», birinchi oʻzbek film-operasi «Dilo-rom», «Laylak keldi. yoz boʻldi», «Qizil qum», «Favqulodda komissar», «Shijoat», «Yettinchi oʻq», «Muxlis», «Inson qushlar ortidan boradi» (Dehli festivalida «Eng yaxshi rejissura uchun» sovrinini olgan, 1977), «Me-vazorlik ayol» kabi filmlari bilan tanilgan. Shuningdek, «Salom, Bahor!», «Turkiston», «Oʻzbekiston», «Toshkent jasorati» va b. hujjatli filmlarga ham rej. lik qilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x