HAMIDOVA

HAMIDOVA Manzura (1914.8.3 – Toshkent — 1998.4.10) — Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Dastlab Toshkentdagi ishchi-yoshlar teatri (1934—36), Termiz teatri (1936—41), Muqimiy teatr (1941—43)larida ishlagan. 1943-y. dan umrining oxirigacha Yosh tomo-shabinlar teatrida aktrisa. Muqimiy teatrida yaratgan «Arshin mol olon» (U. Hojibekov) dagi Gulchehra, «Far-hod va Shirin» (Xurshid)dagi Mohin-bonu, «Nomus va muhabbat» (K. Yashin) dagi Onaxon, «Gulsara» (K. Yashin)dagi Oysara kabi rollarida uning musiqiy qirralari namoyon boʻldi. Yosh tomoshabinlar teatrida, asosan, onalar rollariga ixtisoslashgan. Onalar va buvilar qalbini, mehrmuhabbatini chuqur ochib berish, oʻtkir psixoloptk tahlil, kuchli dramatizm, ishonarli va hayotiy talqin H. ijodiga xosdir. «Yoriltosh» (Sh. Saʼdulla), «Sirli sandiq» (O. Tolipov)da oʻgay ona, «Abdulla Nabiyev» (R. Rahmat)da ona, «kim aybdor» (I. Ahmedov)da buvi-jon, «Chippolino» (Rodari)da Ol-chaoy, «Qovoqvoy va Chanoqvoy» (P. Moʻmin)da Qovoq xola, «Oqkema» (Ch. Aytmatov)da Ona bugʻu, «Oʻz uy-ingdasan» (M. Boboyev)da Mehri xola, «Zumrad va Qimmat»da oʻgay ona singari rollari bilan tanildi.

Oʻzbekiston televideniyesining «Otalar soʻzi — aqlning koʻzi» koʻrsatuvining doimiy qatnashchisi boʻlib, mushfiq onalar timsolini turli koʻrinishlarda gavdalantirgan. «Meh-nat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1997).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x