HAMIDOV Salimjon Salomovich (1920.29.12 – Buxoro – 1973L9.8) – kandakor, sulola davomchisi; Oʻzbekiston xalqrassomi (1972). Hunarni otasi — kandakor usta Abdusalom Hamidovdan oʻrgangan. Hamidov metall va marmarga oʻyib naqsh ishlashni puxta egallagan; yoshligidan otasining shogirdlari qatorida murakkab oʻyma naqshlarni ishlay boshlagan; metall buyumlar bezak mujassamotlarini yangi mavzular bilan boyitdi (mas, patnisga ishlangan «Oʻzbekistonim» mujassamoti, 1969 va b.), bezaklarda Buxoro meʼ-moriy yodgorliklarini aks ettirdi. Metall va marmarga oʻiib naqsh ishlovchi koʻplab shogirdlar yetishtirdi, uning tashabbusi bilan Buxoroda kan-dakorlik maktab-ustaxonasi tashkil etilgan (yana q. Buxoro kandakorlik maktabi).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые