HALOVARD — oʻrta asrlardagi Vaxsh viloyatining markazi. Kofirqalʼa sh. xarobasi oʻrnida joylashgan. 10-a. da H. Hulbukdan katta boʻlgan. Shahar atrofida koʻplab bogʻ-rogʻlar, hosildor yerlar boʻlib, aholi dehqonchilik bilan shugʻullangan. Shahar aholisi mohir kamonboz boʻlishgan. H. Vaxsh daryosidan maxsus chiqarilgan (6—7-a. lar) Kofir kanalidan suv ichgan. Ilk oʻrta asrdagi Halovard arkida budda sajdagohi topilgan, unda hokim va uning oila aʼzolari ibo-dat qilishgan. Saroyda oʻtkazilgan qazishmalar natijasida braxmi yozuvi bilan bitilgan 50 ga yaqin qoʻlyozma parchalari topilgan. Arablar istilosi natijasida (750-y.) H. vayron boʻlib, shahar yangi hududda, Kofirqalʼadan 12 km shim.-gʻarbda Vaxsh daryosi boʻyida qayta barpo etilgan. U hoz. Lagʻmon sh. xarobasiga toʻgʻri keladi. Uning umumiy mayd. 100 gaga yaqin boʻlib, mudofaa devori bilan oʻralgan; 4 ta darvozasi, kuzatuv minoralari boʻlgan. Shahar ayrim yerlarda 2 qator mudofaa devori bilan oʻralgan. 10—13-a. boshlarida rav-naq topgan. Shahardagi deyarli barcha turar joylar pishiq gʻishtdan ishlangan, koʻcha va maydonlarga toshlar yotqizilgan. Halovardda Vaxshning zarbxonasi joylashgan. Shahar moʻgʻullar istilosi natijasida vayron boʻlgan.
Ad.: Kamal iddinov Sh. S.. Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyaz1chn1M istochnikam IX — nachala XIII vv.. T., 1996.