Agar kishi halol mehnat qilsa, hamisha yaxshiroq mehnat qilishga intilsa, ertami-kechmi u shon-shuhrat qozonadi.
Pol Lafarg.
* * *
Kimki vijdonsiz erur, qilma ularni ehtirom,
Tuzni qadrin bilmagan xoinlara yoʻqdir taom.
Mutriba.
* * *
Sofligingni saqlab qolish uchun juda katta mahorat kerak!
M. Ye. Saltikov-Shchedrin.
* * *
Gar ochlikdan bersa ham mard jon,
Yetimlar haqin yemagay hech qachon.
Saʼdiy Sheroziy.
* * *
Sen, ulugʻ va mashhur boʻlmasang ham hechqisi yoʻq. Sen, pok vijdon mehnatkash va odobli kishi boʻlganing bilan faxrlan. Har qanday kerakli narsani yaxshi qilishda katta xursandchilik bor. Axir, bu juda muhim – hayotni munosib tarzda oʻtkazish juda muhim.
I. F. Smolyaninov.
* * *
Bu olamda kishikim pok qalbu sof botindir,
Hamisha fikr kunjida qanoat birla sokindur.
Tabibiy.
* * *
Bir harom luqma deb, ming halol luqmani yoʻqotasan.
* * *
Halollik bozorda sotilmas.
Arman maqoli.
* * *
Vijdondan boʻlak hamma narsani suv bilan yuvib tozalash mumkin.
Gruzin maqoli.
* * *
Tuyaga yuk azob beradi, odamga – vijdon.
Qoraqalpoq maqoli.
* * *
Toʻning yamoq boʻlsa ham,
Diling yamoq boʻlmasin.
* * *
Tortinchoq kishi samimiy va pokdil boʻladi.
* * *
Halol mehnat insonni ulugʻlaydi.
* * *
Odamning husni – insof
Qalblar boʻlsin doim sof.
* * *
Halol topgan pulingga, olib yesang oshu non,
Shundagina ishtahang ochiladi begumon.
* * *
Halol mehnat hayoting ziynatidir, asti or etma!
* * *
Koʻz uchiman koʻzlama,
Koʻzlaringga zoʻr kelar.
Til uchiman soʻzlama,
Oʻzingga zarar kelar.
* * *
Oshing halol boʻlsa, koʻchada ich.
Oʻzbek maqollari.
* * *
Uyalishni bilgan oq koʻngil boʻladi.
* * *
Chiroyli tovus oʻz parlarini ehtiyot qilar,
Vijdonli kishi oʻz shonu-sharafini saqlar.
Xitoy maqollari.
“Aql aqldan quvvat oladi” (Hikmatli soʻzlar, aforizmlar va maqollar. “Oʻzbekiston” nashriyoti, Toshkent – 1967) kitobidan.
https://saviya.uz/ijod/nasr/halol-va-pok-vijdon-bol/