H — oʻzbek kirill alifbosining oʻttiz beshinchi harfi. Boʻgʻizda hosil boʻluvchi, sirgʻaluvchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi. Qoʻllanishiga koʻra, uncha faol emas, asosan, arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlarda yoziladi. Soʻzning boshi (havas, himoya, hunar), oʻrtasi (ahvol, mohir, qahramon) va oxiri (guvoh, Olloh, sulh)da har qanday tovush-harf bilan yonma-yon kela oladi. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan bir qancha yozuvlarda (avesto, sugʻd, arab, lotin kabi) oʻziga xos belgi-shakllarga ega.
H
от admin