GYOTEBORG

GYOTEBORG, Yyoteborg (got qalʼasi; germanlarning got qabilasi nomidan) — Shvetsiyaning jan.-gʻarbidagi shahar. Gyota-Elv daryosining Kattegat boʻgʻoziga quyilish joyida. Gyoteborg-Boxus lenining maʼmuriy markazi. Aholisi 433 ming kishi (1997, shahar atrofi bilan 761 ming kishi). Gyoteborgga 17-a. boshida asos solingan. 18—19-a. larda tashqi savdo shahri sifatida tez oʻsdi. 18-a. oxirida Gyote kanali qazilgach, Gyoteborgning transport mavqei yanada yaxshilandi. Gyoteborg aholisining soni va sanoat mahsuloti i. ch. boʻyicha Shvetsiya poytaxtidan keyin 2-oʻrinda. Gyoteborg portining yillik yuk ortib tushirishi 25 mln. t T. y. va suv yoʻllarining muhim tuguni. Asosiy sanoat tarmoklari: mashinasozlik (jumladan avtomobilsozlik), metallsozlik, kemasozlik (mamlakatda quriladigan kemalarning 2/3 qismi), toʻqimachilik sanoatlari. Elektrotexnika uskunalari, sharikli podshipniklar, dizel dvigatellari va turli xil mashinalar ishlab chiqariladi. Ip gazlama, trikotaj, tikuvchilik f-kalari, neftni qayta ishlovchi z-d; un-t, politexnika va savdo in-tlari, muzeylar, sobor (1802— 15 y. lar) bor. Har yili xalqaro sanoat yarmarkalari oʻtkazib turiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x