GVOZDIKOV Mixail Andrianovich

GVOZDIKOV Mixail Andrianovich (1880, hoz. Ukrainaning Poltava viloyati — 1954, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekistan xalq rassomi (1945). Moskvadagi Stroganov rassomlik maktabida oʻqigan (1896—1901). 1934-y. dan Toshkentda; Navoiy teatrida ishlagan. Birinchi oʻzbek operasi «Boʻron» (M. Ashrafiy, S. Vasilenko, 1939) spektakliga ishlagan dekoratsiyalari muvaffaqiyat qozongan. Gvozdikov yaratgan sahna bezak lari asar mazmuniga mos manzaralar topa olganligi, yaxlit va uygʻun koloriti, tiniqranglari bilan diqqatga sazovor («Knyaz Igor», «Boris Godunov», «Faust», «Laqma», «Mis chavandoz» va b.). G. oʻzbek teatr rassomlari Sh. Shorahimov, M. Musayevga ustozlik qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x