GUTTUZO (Guttuso) Renato (1912.2.1, Sitsiliya — 1987) — italyan rassomi va grafigi, jamoat arbobi. Rimdagi BA akad. (1960). Antifashistlar harakati ishtirokchisi, 2-jahon urushi davrida Qarshilik koʻrsatish harakatida qatnashgan. Italiya sanʼatida ijtimoiy realistik yoʻnalishni boshlab bergan; xalq hayoti va inqilobiy kurash mavzuidagi qahramonona lavhalar, zamonaviy dunyo qarama-qarshiliklari aks etgan dramatik taʼsirchan, umumlashma shakllari b-n ajralib turuvchi asarlar muallifi. Ijodida manzara va natyurmort alohida oʻrin tutadi: «Otish» (1938), «Bizga xudo yor» rasmlar turkumi (1944—45; Tinchlik Oltin medali, 1950), «Sitsiliyadagi boʻsh yerlarni egallash» (1948—50), «Garribaldining Ammiralyo koʻprigidagi jangi» (1951 — 52), «Olomon» (1960), «Savat, ombur va bolgʻa» (1961), «P. Tolyatti oʻlimi» (1965), «Yangiliklar» kompozitsiyasi (1971) va b. G. ijodi italyan rassomlari, shuningdek, Yevropa mamlakatlarining bir qator rassomlari ijodiga kuchli taʼsir koʻrsatgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые