GUTTATSIYA (lot. gutta – tomchi) – oʻsimlik barglaridagi bezchalar — gidatodalar orkali suvning tomchilar holida ajralishi. Guttatsiya ildiz qabul qilgan suv barglar bugʻlatgan suvdan ortganda (kechasi, tongda, nam atmosferada) roʻy beradi. Guttatsiya oʻsimlik toʻqimasidagi suv muvozanatini tartibga solib turadi. Mas, sernam tropik oʻrmonlarda oʻsadigan Colocasia nimphaefolia oʻsimligining bitta bargi bir kechada 100 ml suv ajratadi. Guttatsiya bugʻdoy maysalarida, qulupnay, terak va tol barglarida ham sodir boʻlib turadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые