GUTTAPERCHA (ing. guttapercha, malayya tilida getah — smola va pertja — shu smolani ajratib chikaradigan daraxtning, shuningdek, Sumatra o. ning bir nomi) — asosan tropik oʻsimliklar shirasidan olinadigan kauchuksimon modda. Mol. m. 2000—2500. Zichligi 940-960 kg/ m3, suyuklanish t-rasi 64—74°. G. oqishkulrang yoki sargʻish-jigarrang charmsimon modda. Toza Guttapercha — gutta (S5N8) p transpoliizopren (90% gacha) smola, oqsillar, tuzlar va suvdan iborat yuqori molekulali birikma. Beresklet va evkommiya oʻsimliklaridan olinadi. Guttapercha spirt va atsetonda erimaydi, benzol, benzin, uglerod sulfidda, xloroformda eriydi. 50—70° da yumshab plastik va yopishqoq yelimsimon holatga keladi. Oltingugurt taʼsirida kauchuk singari vulkanlanadi, suv oʻtkazmaydi, elektroizolyatsion xossasi yuqori. Suv osti kabellari uchun himoya materiali sifatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые