GURONLAR (oʻzlarini vendat deb ataydilar) — Kanadada yashovchi irokezlar guruhiga mansub indeys xalqi (asosan, Kvebek provinsiyasining Loretvil rezervatsiyasi). Aholisi 1 ming kishiga yaqin (1990-y. lar oʻrtalari). Guron tili unutilgan, shu sababli Guronlar fransuz tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — katoliklar. 17-a. ning oʻrtalarida Irokezlar ligasiga kirgan qabilalar ittifoqidan iborat boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые