GURBAXSH SINGH (1895-1977) – hind (panjob) yozuvchisi. Muxandislik kollejida (Rurkiy) va Michigan (AQSH) un-tida oʻqigan. «Pritlari» («Sevgi halqasi») jur. ni chiqargan (1933). «Rajkumar Latika» (1923) pyesasida dehqonlarning yerga egalik qilish uchun zamindorlarga qarshi kurashi tasvirlangan. Gurbaxsh Singhning ijodida hind xalqining milliy ozodlik harakati muhim oʻrin tutadi. Uning «Vatanparvar» hikoyasida teng huquqli, farovon jamiyat haqidagi orzu-umidlari aks etgan. Gurbaxsh Singh 30 dan ortiq asar muallifi («Sevgi yoʻli», «Sevgi hikoyalari», «Shabnam», «Hayot sharbati», «Abadiy yonuvchi mashʼal» va b.). Chet ellik ijodkorlar (V. Gyugo, U. Uitman, T. Xardi va b.)ning asarlarini panjob tiliga tarjima qilgan. 1958-y. da Oʻzbekistonda boʻlgan. Baʼzi hikoyalari oʻzbek tilida nashr etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые