GUNO

GUNO (Gounod) Sharl Fransua (1818.17.6, Parij – 1893.18.10, SenKlu, Parij yonida) — fransuz kompozitori, organchi, dirijyor. Fransuz lirik operasining yaratuvchilaridan va yirik vakili. Eng yaxshi operalari dramaturgik oʻzgarishlarga boyligi, maishiy sahnalarning qayotiyligi, kuyohanglarning samimiyligi va fransuz milliy musika anʼanalariga yaqinligi, garmoniya va cholgʻulashtirish vositalarining nafisligi bilan ajralib turadi. 12 opera (jumladan «Safo», 1850; «Faust», 1859; «Mireyl», 1864; «Romeo va Julyetta», 1864), 2 simfoniya, diniy mavzudagi oratoriya, messa va rekviyemlar, cholgʻu ansambllari, fortepiano pyesalari, xorlar, 200 dan ortiq romans va qoʻshiQlarning muallifi. Gunoning «Faust», «Romeo va Julyetta» operalari Navoiy teatrida muntazam qoʻyilib kelmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x