GUMON QILINUVCHI — jinoyat sodir etishda gumon qilingan, unga nisbatan surishtiruvchi yoki tergovchi qaror chiqargan shaxs. G. q. oʻzini qanday jinoyatda gumon etilayotganini bilishga, bu haqda tushuntirish va koʻrsatuv berishga, 24 soat ichida himoyachisi ishtirokida soʻroq qilinishini talab etishga, dalillar koʻrsatish, iltimoslar qilish, surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning harakatlari ustidan shikoyat etishga haqli. Gumon qilinuvchi uzogʻi bilan 72 soat ushlab turilishi, ehtiyot chorasi tarzida prokurorning ruxsati bilan 10 sutkaga qadar qamoqda saqlanishi mumkin (OʻzR JPK, tegishli moddalari). Gumon qilinuvchiga nisbatan bunday choralar qoʻllanish uchun u jinoyat qilayotganini guvoxlar bevosita koʻrgan, uning badanida yoxud kiyim-boshlarida jinoyat izlari topilgan boʻlishi shart. Gumon qilinuvchi koʻrsatuv berishdan bosh tortgani va yolgʻon koʻrsatuv bergani uchun javobgarlikka tortilmaydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые