GUMBOLDT

GUMBOLDT (Humboldt) Vilgelm (1767.22.4, Potsdam — 1835.3.4, Tegel, Berlin yaqinida) — nemis filologi, faylasufi, tilshunosi, Prussiya davlat arbobi. Gumboldt boshlangʻich maktabni cherkovdan ajratib, Pestalossi (1746 — 1827, shveysariyalik pedagog-demokrat) metodlarini taʼlimga joriy qildi, Berlin un-tiga (xoz. Gumboldt nomi bilan ataladi) asos soldi, Prussiya FAni qayta qurdi. Gumboldt — I. V. Gyote va F. Shiller zamonidagi nemis mumtoz gumanizlshning yirik vakillaridan. «Yava orolidagi kavi tili haqida» (1836 — 39) asarida tilshunoslikdagi qiyosiy-tarixiy metodning falsafiy asoslarini yaratdi. Gumboldt tillarning morfologik tasnifini ham ishlab chiqdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x