GUMBAZ

GUMBAZqubba shaqlidagi suyri fazoviy hajmdagi tom. Tarhi aylana, chorsi, toʻgʻri toʻrtburchaqli, muntazam koʻpburchaqli boʻladi. Shuningdek, koʻpburchaqli xona va katta inshootlar devorlari ustida, baʼzan ustunlarni birlashtirgan doirasimon qurilma poygumbaz ustida davra koʻrinishida xom gʻisht, pishiq gʻisht, tosh, beton va b. materiallardan sirti silliq, qirrali, qovurgʻali piltavor koʻrinishida boʻlishi mumkin.

Tarixan Gumbaz paydo boʻlishi (genezisi), taraqqiyot yoʻllari, zarurati 3 sabab b-n izohlanadi:

1) tabiiy sharoit, hayot taqozosi;

2) mavjud qurilish materiallari imkoniyati; ayniqsa yogʻoch tanqis joylarda meʼmorlar koʻproq gumbaz tomlarni bogʻlagan;

3) shaklu shamoyili yuksak badiiy samara bagʻishlagani, meʼmoriy obrazi muhtasham mahobat kasb etgani.

Gumbazning ilk namunalari ibtidoiy odamlar boshpanalari — tabiiy gʻorlarda, keyinchalik yertoʻlalarda, yogʻoch va xaschoʻplardan, qamish, hayvon terisi, kigiz yopilgan oʻtov kabi kulbalarda mujassam topib, ijtimoiy taraqqiyot mobaynida shaqli murakkablasha borgan. Dunyo xalqlari meʼmorligida Gumbazning oddiy pogʻonali, davra, suyri, bagʻal (parus, tromp)larga ishlangan va b. turlari uchraydi. Gumbaz binoga tashqi va ichki tomondan mahobat bagʻishlaydi.

Oʻrta Osiyodagi gumbazlar shaklu shamoyilini kuzatib, tahlil etganda qad. turkiylarning shu yoʻnalishdagi meʼmoriy ijodkorlikka qoʻshgan barakali hissasi borligini sezish mumkin. Gumbazlar ibtidosida inson tafakkuri bilan yaratilgan oʻtov (yurt) koʻrinishi, yaʼni yogʻoch, qamish qurilmalari orqali paxsa, gʻishtdan yasalgan doʻppi (yarim sferik), kulohiy (sferokonik) xajmda mujassam topgan va davr oʻtishi bilan yangi imkoniyatlar asosida rivojlanib borgan. mksak badiiy mujassamotga aylangan.

Yunoniston va Rim meʼmorligida chorsi, davra xonalar ustini berkitish uchun yarim sferik (yarim shar) shaqlidagi gumbaz turlari katta jamoat va diniy binolarda keng ishlatilgan. Rimdagi Panteon (mil. 125-y.)ning katta davra binosi rotondasi ustiga oʻrnatilgan yarim sferik Gumbaz eng qad. gumbaz hisoblanadi. Gumbazni bildiruvchi italyan atamasi «kupola» (cupola — bochka) jahon meʼmorligi lugʻatiga kirgan. Istanbuldagi mashhur Ayo Sofiya ibodatxonasining ulkan Gumbazi ham eng qad. gumbazli binolar qatoriga kiradi.

Oʻrta Osiyoda saqlangan qad. meʼmoriy yodgorliklar — mahobatli jamoat binolari (saroy, masjid, xonaqoq, karvonsaroy, maqbara, hammom va b.), sardobalarda Gumbazning balxi gumbaz, charxi gumbaz, chortark gumbaz, chorkunjak gumbaz, piltavor, gʻarovli, kuloqiy, mirzoiy, shalgʻamiy turlari, ayrimlarida qoʻsh (ichki va tashqi) Gumbaz ham mavjud. Saroy, masjid, Madrasa va b. binolar, maqbaralarning asosiy katta xonasi — xonaqohi mehrobiy Gumbaz bilan yopilgan. Balxi Gumbaz tuzilishi ancha sodda boʻlib, Madrasa, hammom, karvonsaroy oddiy xonalari, qaznoq va b. da koʻp qoʻllanilgan. Chortark Gumbaz esa toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi kichik xonalarda boʻladi. Oʻrta Osiyoda Gumbazning ilk namunalari Oqtepa (Toshkent), Afrosiyob (Samarqand) va Xorazm qalʼalarida uchraydi. 10 — 11-a. larda xonaning devor burchagidagi bagʻali ravoq shaqlida boʻlib, ustiga Gumbaz oʻrnatilgan (q. Somoniylar maqbarasi). 12-a. dan Gumbazlar baland boʻlishiga ahamiyat berilgan. 14-a. dan murabba tarhli xonalar burchagiga ravoqli bagʻallar ishlana boshlagan, ichkarisi ganchkor muqarnaslar bilan bezatilgan, Gumbazning devorga tutash qismiga muqarnaslar ishlangan q(. Yassavip majmuasi). 15-a. dan Gumbaz bilan devor ustiga gʻoʻlasimon va koʻp qirrali poygumbaz tiklanib, tepasiga qoʻsh Gumbaz bogʻlangan, Gumbazlar tashqi tomoni gʻishtin, sirkor, koshinkor bezatilgan (q. Amir Temur maqbarasi). 16-a. dan ichki Gumbaz shaqli yanada oʻzgardi, poygumbazlarga darchalar ochildi, qobirgʻali bezaklar paydo boʻldi. Zamonaviy binolarda Gumbaz temir-beton, armotsement, metall, plastmassadan ishlanmoqda (mas, Toshkentdagi Moviy gumbaz qahvaxonasi, Eski joʻva bozori). Meʼmoriy yodgorliklar Gumbaz larini taʼmirlashda milliy meʼmorlik materiallaridan tashqari, temir-betondan (mas, Toshkentdagi Yunusxon maqbarasi, Samarqanddagi Tillakori va Amir Temur jome masjidi, Imom al-Buxoriy majmuasi va b. G. lari), shuningdek, armotsement konstruksiyalardan (mas, Andijondagi jome masjid va b.) foydalanilmoqda.

Mustaqillik davri meʼmorligining ijobiy badiiy jihatlaridan biri Gumbaz shaqlidan dadil va keng foydalanishda kuzatilmoqda. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekistan milliy bogʻidagi meʼmoriy shiyponi ustiga oʻrnatilgan piltavor Gumbaz juda oʻrinli va xushbichim chiqqan. Gumbaz shaqlidan foydalanish meʼmorlik soxasida yangi-yangi ijodiy imkoniyatlarni ochib bermoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x