GULXAYRIDOSHLAR

GULXAYRIDOSHLAR (Malvaceae) – ikki pallalilardan ayritojlilarga mansub oʻt va butalar oilasi. Barglari panjasimon oʻyma. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yirik, oq, sariq yoki pushti. Kosachasi ikki kavat. Changchilari juda koʻp, ipchalari tutash. Urugʻchisi bitta. Mevasi koʻpchiligida koʻsak. Yer yuzida 80 ga yaqin turkumi va 1500 turi bor. Koʻp tropik va subtropik r-nlarda tarqalgan. Bulardan gulxayri, gʻoʻza, kanop, tugmachagul, paxtagul, gulhamishabahor keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 6 turkumi va 17 turi oʻsadi. Ularning koʻpidan tola olinadi, dori tayyorlanadi. Manzarali oʻsimlik sifatida eqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x