GULIGAZ QORAKOʻL TERI

GULIGAZ QORAKOʻL TERI (toj. guligaz — yulgʻun gulining rangi) — oq aralash jigarrang yoki malla rang junli qorakoʻl teri. Guligaz rangining toʻqochligi oq junlarning jigarrang yoki malla rang junlarga boʻlgan nisbatiga bogʻliq: oq junlar 73,4—81% boʻlsa och guligaz, 45,6—54,4% boʻlsa oʻrta yoki normal (och pushti tusli) guligaz, 20% boʻlsa toʻq (qizgʻish) guligaz boʻladi. Yarim doira oʻrta va uzun qalamgulli hamda dona gulli, juni ipaksimon, tekis, yaltiroq terilar juda chiroyli. Oʻzbekistonda hoz. olinayotgan guligaz terilarning taxm. 84% oʻrta yoki normal guligaz, 11% och guligaz va 5% toʻq guligaz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x