GULIA Dmitriy Iosifovich [1874.9(21).2, Suxumi tumani Uarcha qishlogʻi — 1960.7.4, Abxaziya, Agudzer qishlogʻi] — Abxaziya xalq shoiri (1937), yangi abxaz adabiyotining asoschisi; Abxaz teatri truppasi tashkilotchilaridan biri (1921). Gulia koʻplab doston, drama, roman, ballada, masal, lirik sheʼrlar yozgan. Uning asarlarida Abxaziyaning goʻzal tabiati, xalqining mehnatsevarligi, turli millatlar doʻstligi, abxazlarning turmush tarzi tasvirlangan. «Ona shahrim», «Abxaziyada bahor», «Choʻpon haqida qoʻshiq» singari asarlari abxaz sheʼriyatining eng yaxshi namu-nalaridan hisoblanadi. Gulia abxaz nasri (hikoyachiligi)ning ham asoschisi («Begona yurtlarda», 1919 va b.). Xalq qismati haqida hikoya qiluvchi «Kamachich» (1940) romani bilan milliy romanchilikni boshlab bergan. «Sharpalar» (1946) dramasi abxaz teatrlari repertuaridan mustahkam oʻrin olgan. Gulia xalqogʻzaki ijodi, tarix, til, adabiyot, etn. ga oid ilmiy asarlar, shuningdek, «Abxaziya tarixi» va b. qator darslik va oʻquv qoʻllanmalari muallifi. K. Machavariani bilan hamkorliqsa abxaz alifbosini tuzgan (1892).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые