Muhammad Rahimxon FERUZ
(OGAHIY gʻazallariga taxmislar)
***
Rangin takallummu boʻlur chunkim guharafshon labing,
Fayzu farah yetkurgusi koʻnglumga bepoyon labing,
Fahm etmadim ne xosiyat qilmushdurur pinhon labing,
Yoqutdurmu bilmadim yo laʼl ey jonon, labing,
Yo orazing gulzorida bormu guli xandon labing.
Laʼlnig firoqida boʻlub asru zaifu xasta jon,
Jismi nizorimdin olib qadding gʻami tobu tavon,
Oʻlmakka yetganda yovuq kelding boshimgʻa nogahon,
Laʼlingni bir oʻpmak bila toptim hayoti jovidon,
Eʼjozi Isomu ekan yo sharbati hayvon labing.
Javru jafolar aylabon jonimga bu garduni dun,
Qildi labing hijronida ashkimni qon, bagʻrimni xun,
Dardim erur behad fuzun, kun-kundin ahvolim zabun,
Koʻzdin toʻkub hijron aro doim sirishqi lolagun,
Oʻpmaklik aylab orzu tun-kun yutarman qon labing.
Koʻnglumga boʻlmishdur labing bir boʻsa qilmoq muddao,
Muft ermas ushbu matlabim, boʻlsa agar, sandin ravo,
Oltun-kumish xud sahl erur, ey dilbari shirinliqo,
Gar boʻsa laʼlingga jon naqdin qilur ersang baho,
Olgʻum nedinkim bir oʻpub oʻlganga na armon labing.
Taqvoi toat aylabon zuhd ahli tinmay roʻzi shab,
Jannatga kirmak orzu aylab chekar ranju taab,
Aql eli koʻying borida jannatni qilgaymu talab,
Feruz, jannat ravzasin, gar, istamas ermas, ajab
Kim, orazing jannat guli, kavsar suyi, ey jon, labing.
* * *
Bir jilvagar boʻlgʻoch koʻzum ollida to qoshu koʻzung,
Fahmi xiradin ayladi mandin judo qoshu koʻzung,
Jonimni oldi aylabon nozu ado qoshu koʻzung,
Vah ne balodur bilmadim, ey dilrabo, qoshu koʻzung
Kim, bir nazarda soldi oʻt jonim aro qoshu koʻzung.
Ham Xizri xatting dilkusho, bordur masihoniy soʻzung,
Ham koʻzu qoshing qotili jonbaxga erur, rangin soʻzung,
Ham beqaror oʻlgʻon koʻngullarga berur taskin soʻzung,
Ham yuz oʻlukni tirguzur laʼling aro shirin soʻzung,
Ham ming tirikni oʻlturur aylab jafo qoshu koʻzung.
Tun-kun soʻrogʻing aylabon istab muallo manziling,
Koʻrgach musaffo orazing, boʻldum asiri bediling,
Jonu koʻngul betob erur soʻrmoq tilab shirin labing,
Oldi karori toqatim oq siynayu nozik beling,
Soldi qaro kun boshima ikki qaro qoshu koʻzung.
Boqgoch koʻz ila qoshinga, boʻldum asir, ey noʻshlab,
Jonim yoqar oshiq oʻti, qoshu koʻzung boʻldi sabab,
Emdi figʻonlar aylabon hijroning ichra roʻzu shab,
Qoshu koʻzung bedodidin dod aylasam ermas ajab,
Kim, ne jafolar qilmadi oxir mango qoshu koʻzung.
Farrux yuzung husn avjining bordur mohitobopikim,
Xanling erur mahbublar, sansan alar sultonikim,
Mankim tamanno aylamak, san shoʻx beparvonikim,
Yoʻqtur manga ishqing aro yurmak tirik imkonikim,
Jonimni yo qaddu yuzung olgʻusi yo qoshu koʻzung.
Husn ahli shohisan, erur mulkung malohat kishvari,
Ikki koʻzung jodu erur, qoshing alarning xanjari,
Majnundek oʻldi koʻrgach, ul husning jahon donolari,
Man zori hayroning nechuk devona boʻlmay, ey pari
Kim, aqlu hushim ayladi mandin judo qoshu koʻzung.
Istab visoling bazmini, ey xoʻblarning ahsani,
Iqboli Feruzing kibi koʻb justujoʻ aylab sani,
Koʻrgach yuzung ishq oʻtiga koʻpdi vujudi xirmani,
Shirin labingdin Ogahiy jismigʻa jon berkim, ani,
Oʻlturdi bir imo qilib boqgʻoch qiyo qoshu koʻzung.
Qilmish azalda sunʼi haq husn ichra yakto orazing,
Oyu quyoshgʻa oʻxshamas hargiz musaffo orazing,
Koʻrgan kishi aqlin qilur hayronu shaydo orazing,
Jonbaxsh laʼling uzra xat to qildi paydo orazing,
Jamʼ ayladi xurshid uza Xizru Masiho orazing.
Bir tun mening kulbamgʻa, ey mahvash, karam raxshini sur,
Ochib uzoringni qaro shomigʻa ravshanligʻ yetur
Kim, sandin ehsonu karam zohir boʻlur vaqtida koʻr,
Oydek yuzung mahjurlar shomi gʻamini yorutur,
Partav mening shomimgʻa ham solgʻoymu, oyo, orazing.
Lutf aylabon man zorgʻa, ey sarvqaddi mahliqo,
Koʻpgʻil qadam kulbam aro ochib uzori dilkusho,
Toki chekarman orazing koʻrmak tilab ranju ano,
Joning uchun rahm aylabon koʻrguz yuzungkim hajr aro,
Joninggʻa yetdim aylabon koʻrmak tamanno orazing.
To ishqing ichra ey pari, devonai zor oʻlmusham,
Hajringda gʻam tirnogʻidin aʼzoyi bir-bir yulmusham,
Guldek uzoringni tilab gulbargi yangligʻ soʻlmusham,
Rozi oʻlumga orazing hajri gʻamidin boʻlmusham,
Oʻltur mani yo tigʻ ila, koʻrguz manga yo orazing.
Qatʼ etgali yuz urmusham to furqating togʻu tuzin,
Olmon qulogʻimgʻa gʻaming tarkida nosihlar soʻzin,
Mayl etmagum gar xoʻblar har necha arz etsa oʻzin,
Koʻz solmagʻum jannat aro gʻilmonu hur ochsa yuzin
Kim, maksadim koʻyung aro qilmoq tamosho orazing.
Hargiz zulmat yoʻli sori gʻayrat bila yuz urmamish,
Gulzoru koʻyung sayrigʻa saʼy ila markab surmamish,
Oʻzni tamoshoyn qadu ruxsoringa yetkurmamish,
Zohid tilar jannat, guli sarvdin magarkim koʻrmamish,
Lutf ichra zebo qomating, husn ichra yakto orazing.
Feruzning arzi budur san xoʻblar shohigakim,
Boʻlma sabab javr aylabon har dam oning ohigʻakim,
Bir lutf ila taskin yetur faryodu jonkohigakim,
Ishqing oʻtigʻa koʻngusi, rahm ayla Ogahiygakim,
Tokim koʻrubdur bir nazar ul zori shaido orazing.
MUSADDASLAR
Subhkim, ul sarvi gulroʻx sayri gulzor ayladi,
Sarvu gulgʻa qaddu ruxsorni namudor ayladi,
Sarv qaddigʻa egib bosh qulluq izhor ayladi,
Gul yuzin surtub poyigʻa oʻzini xor ayladi,
Rashk tigʻi joy ila koʻngulni afgor ayladi.
Doʻstlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.
Gar nafas qilgach nazora ul quyosh ruxsorga,
Jon koʻnglum qoldi ishqi ranjidin ozorgʻa,
Aylasam jonim fido boqmay man bemorga,
Har nafasda koʻrguzur yuz iltifot agʻyorgʻa,
Aylamas bir rahme zohir man gʻaribu zorgʻa,
Doʻstlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.
Jonfizo laʼlin takallumga oyursa nogahon,
Har kalomidin topar oʻlgan badan ruhi ravon,
Goʻyiyo uldur bu davron nchra Isoyi zamon
Kim, kishi koʻrmaydur andoq mahvashi shirin zabon,
Ayb qilmang, istab oni, aylasam ohu figʻon,
Doʻstlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.
Xoʻb emastur qaddi toʻbi qomati raftoricha,
Dilkash ermas ravzai rizvon yuzi gulzoricha,
Yoʻqturur xurshid nuri jabhai anvoricha,
Sunbul ermas atrparvar zulfi anbarboricha,
Tong emas, vaslin talab qilsam agar jon boricha,
Doʻstlar, ul dilrabo haqi mani zor ayladi.
Ohkim, tarki muhabbat aylabon ul dilrabo,
Notavon jonimgʻa koʻrdi hajr anduhin ravo,
Muncha ham boʻlgʻoymu bir bedilgʻa qilmoqlik jafo,
Dilraboligʻ rasmida avval qilib mehru vafo,
Soʻngra qildi mehnat hijroni birla mubtalo,
Doʻstlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.
Ul quyoshdin ayru bir zarra qarorim qolmadn,
Aqlu hushim ketdi-yu, sabr-ixtiyorim qolmadn,
Dardi hijron chekkali tanda madorim qolmadi,
Vasl uchun aylab gadoliq nangu orim qolmadi,
Yigʻlamoqdin oʻzga hajr ichra shiorim qolmadi,
Doʻstlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.
Ishq mulkida edim Feruzbaxtu komkor,
Amrima maʼmur erdi necha shoʻxi guluzor,
Lekin oni koʻrgach oʻldum bandasi beixtiyor,
Qolmayin koʻnglum aro bir zarracha sabru qaror,
Aql ila hushu xiradni qildi mandin beqaror,
Doʻstlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladn.
* * *
Ul pari egnida gulrang libosini koʻrung,
Mehrdek orazining nuru ziyosini koʻrung,
Nutqi jonbaxshu labi ruhafzosnni koʻrung,
Otgʻoli gʻamza oʻqin qoshlari yosini koʻrung,
Vahki, ul mehrliqo nozu adosini koʻrung,
Jonima har nafas ozoru jafosini koʻrung.
Orazidin olib ul mehru jahontob niqob,
Zeb uchun koʻzga chekib surma, urub yuzga gulob,
Koʻzlari fitnasidin qilgʻoli olamni xarob,
Yuzi oʻti bila aylarga jigarlarni kabob,
Vahki, ul mehrliqo nozu adosini koʻrung,
Jonima har nafas ozoru jafosini koʻrung.
Gul xijil bogʻ aro oning gul ruxsoridin,
Sarupo dar gul erur qomati raftoridin,
Lol erur qumriyu bulbul labi guftoridin,
Sindi shakkarga baho laʼli shakkarboridin,
Vahki, ul mehrliqo nozu adosinn koʻrung.
Jonima har nafas ozoru jafosini koʻrung.
Jon olur har boqishi birla qaro koʻzginasi,
Toza jon ham berur elga shakkarin soʻzginasi,
Koshi yo, kipriki oʻq, ofatijon yuzginasi,
Fitnagar chobuk xudroyi erur oʻzginasi,
Vahki, ul mehrliqo nozu adosini koʻrung,
Jonima har nafas ozoru jafosini koʻrung.
Koʻz yumub noz ila gohi chekibon xomyoza,
Kosh qoqib gah qilibon jilvai beandoza,
Oʻziga har dam etib gʻamza fununi toza,
Kildi oshiqligʻim olam eliga ovoza,
Vahki, ul mehrliqo nozu adosini koʻrung,
Jonima har nafas ozoru jafosini koʻrung.
Jilvai qomatigʻa tuʼbini rizvon banda,
Mutabassim labigʻa gʻunchai xandon banda,
Ikki shahlo koʻzigʻa nargisi fatton banda,
Orazi mehrigʻa xurshidi duraxshon banda,
Vahki, ul mehrliqo nozu adosini koʻrung,
Jonima har nafas ozoru jafosini koʻrung.
Toki ul shoʻx gʻami ishqigʻa duchor oʻldum,
Dam-badam dardi balo xayli bila yor oʻldum,
Kokili domiga pobasti giriftor oʻldum,
Talab vaslida Feruz kibi zor oʻldum,
Vahki, ul mehrliqo nozu adospni koʻrung,
Jonima har nafas ozoru jafosinn koʻrung.
https://saviya.uz/ijod/nazm/gul-xijil-bog-aro-oning-gul-ruxsoridin/