GUANIDIN

GUANIDIN, (NH,) 2C=NH – rangsiz kristall. Kuchli ishqor, ishqoriy metallar gidroksidlariga yaqin turadi mol. m. 59,07 suyuqlanish t-rasi 50°. Gigroskopik, havodan SO2 va suvni yutib yumshaydi. Guanidin suvda gidrolizlanib mochevina hosil qiladi. (29°da 20 soʻtkada 50% gacha). Kislotalar bilan reaksiyaga kirishib gidrolizga chidamli tuzlar hosil qiladi. Oson alkillanadi, ishqorlar ishtirokida kislotalar efirlari taʼsirida atsillanadi. Sanoatda Guanidin va uning tuzlari tegishli ammoniy tuzlarini mochevina yoki izianoguanidin bilan birga qizdirish, shuningdek, sianguanidinning suvdagi eritmasini gidrogenoliz qilish yoʻli b-n olinadi. Guanidin hosilalari faol bakteritsid va fungitsidlar. G. pirimidin, oksazol va b. birikmalar sintezida xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Tuzlari sanoatda surkov moylarida qoʻshimcha, korroziya ingibitorlari, bogʻlovchi moddalar sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x