GRINYAR (Grignard) Fransua Ogyust Viktor (1871.6.5, Sherbur — 1935.13.12, Lion) — fransuz organik kimyogari. Parij FA aʼzosi (1926-y. dan). Asosiy ishlari organik birikmalar sintezi va ularni tekshirishga bagʻishlangan. Alkilgalogenidlar va efir muhitidagi magniy asosida olinadigan aralash magniyorganik birikmalar ishtirokida organik birikmalarni ilk bor sintez qilgan (1900). Bu reaksiyalarda efirda eritilgan alkilmagniy galogenidlar (Grinyar reaktivi) asosiy reagent ekanligini aniqlagan. Uglevodorodlar, spirtlar (1901 — 03), ketonlar, aldegidlar (1906), efirlar, nitrillar, aminlar (1920), kislotalar va b. sintezida magniyorganik birikmalardan foydalangan. Bu sintezlar (Grinyar reaksiyasi) kimyo amaliyotida keng qoʻllaniladi. Nobel mukofoti laureati (1912).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые