GRILPARSER (Grillparzer ) Frans (1791.15.1 – Vena – 1872.21.1) – Avstriya dramaturgi. Avstriya zamonaviy adabiyoti asoschilaridan. Sheʼr va epigrammalar, realistik novellalar («Qashshoq musiqachi», 1848) yaratgan. Grilparser asosan dramaturg sifatida shuhrat qozongan. «Avlod onasi» (1817), mifologik mavzu asosidagi «Safo» (1818), «Oltin poʻstin» (1821),«Dengiz va sevgi toʻlqinlari» (1831), milliy-tarixiy mavzudagi «Qirol Ottokarning buyukligi va inqirozi» (1825), «Xoʻjasining sodiq quli» (1828), «Yolgʻonchining jazosi» (1838), «Gabsburglar xonadonida aka-ukalar janjali» (1850), realistik ruhdagi «Toledolik yahudiy ayol» (1855) kabi fojiaviy asarlarida teskarichi guruxlarning rasmiyatchilik tartiblarini qoralagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые