GRIGORYAN Artur Razmikovich

GRIGORYAN Artur Razmikovich (1967.20.10, Toshkent) — bokschi. Xalqaro sport ustasi (1987). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi (1991). Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni. Oʻzbekistan davlat jismoniy tarbiya in-tini tugatgan (1993). 1978-y. dan boks bilan shugʻullanadi. Birinchi ustozi L. Ahmadjonov. G. ga 1986 — 93 y. larda V. Shin murabbiylik qilgan. Havaskorlik boksida 387 ta jang qilib 372 tasida gʻolib chiqqan. 1994-y. dan professional boksda (germaniyalik Fris Sdunek rahbarligida musobaqalarga tayyorlanadi). Qitʼalararo chempion (1995). Grigoryan jaxon boks tashkiloti (WBO) tasnifi boʻyicha 61,2 kg vazn toifasida 16-marta jahon chempioni (1996 — 2002, yanv. ; Berlin, Gamburg, Kotbus va h. k.). Professional boksda 34-marta jang qilib hammasida yenggan, «Qirol» («Konig») nomi bilan tanilgan. Grigoryan chempionlik «Oltin kamar»ining biri Toshkentdagi Olimpiada shon-shuhrati muzeyida saqlanadi. «Oʻzbekiston iftixori» faxriy unvoni (1998), «Mehnat shuhrati» ordeni (1996) bilan taqdirlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x