GRIGORIY KALENDARI

GRIGORIY KALENDARI (yoki yangi uslub) — Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan Yuliy kalendari (eski stil) oʻrniga 1582-y. da joriy etilgan kalendar. Perudjiy un-ti oʻqituvchisi Luidji Lilio 1576-y. da taqlif etgan loyihaga binoan tuzilgan. Yuliy kalendarida yoʻl qoʻyilgan xatolik tuzatilib hisob 10 kun oldinga surilgan. Bahorgi teng kunlik, yaʼni 21-martga toʻgʻri kelgan. Xatolik yana takrorlanmasligi uchun har 400-yilda kabisa pil 3 kunga qisqartirilgan, yaʼni 100 kabisa yili oʻrniga 97 kabisa yili joriy etilgan. Grigoriy kalendariga koʻra oxirgi 2 rakami 4 ga boʻlinadigan yillar kabisa yillardir, lekin 2 nol bilan tugab, 400 ga boʻlinmaydigan yillar bundan mustasno, mas,. 1700, 1800, 1900 va 2100-yillar oddiy yil, 1600, 2000, 2400 va 2800-yillar esa kabisa yil hisoblanadi. Shu hisobda yilning davomiyligi 365,242500 soʻtkani tashkil etib, tropik yilga qaraganda har yili 26 sek. ortib boradi va sal kam 3300-yilda 1 kun xato qilinadi. Grigoriy kalendarining birdan-bir noqulayligi oylardagi kunlar sonining har xilligidir. Sobiq Ittifoqsa (shu jumladan Oʻzbekistonda) Grigoriy kalendari 1918-y. 14 fev. dan (eski uslubda 1 fev. dan) boshlab qabul qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x