GRIBACHYOV Nikolay Matveyevich

GRIBACHYOV Nikolay Matveyevich [1910.6(19).12, Bryansk viloyati — 1992, Moskva] — rus yozuvchisi, jamoat arbobi. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). «Shimoli-Gʻarb» (1935), «Urush yoʻllari boʻylab» (1945) sheʼriy toʻplamlari muallifi. «Gʻalaba»da bahor» (1948) dostonida, «Momaqaldiroqdan soʻng» (1952), «Aziz hamshaharlar» (1954), «Oʻy» (1955) sheʼriy va «Avgust oyi yulduzlari» (1958), «Tungi momaqaldiroq» (1964), «Mening daydi sevgim» (1967) nasriy toʻplamlarida zamondoshlarining mehnati va maʼnaviy goʻzalligi aks ettirilgan. «Amerika bilan yuzmayuz» (1959) asari xalqaro mavzuda. Gribachyovning «Bahs» (1963) toʻplami adabiyotshunoslik masalalariga bagʻishlangan.

As: Dala kapalagi [Sheʼrlar, balladalar, dostonlar], T., 1980.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x