GRENADYORLAR

GRENADYORLAR (frans. granidiers, grenade — granata) — Yevropa armiyalarida 17—20-a. larda piyoda qoʻshin turi; qoʻl granatalarini otish uchun saralab olingan askar guruhi. 18-a. oxiridan saralangan piyoda qism va qoʻshinlar. Otliq Grenadyorlar ham boʻlgan. Yevropa armiyalarida 17-a. ning oʻrtalarida paydo boʻlgan. 1667—70 y. larda Fransiyada Grenadyorlar piyoda jangchilarning maxsus qismi tashkil qilingan. Rossiyada Grenadyorlar rotalari birinchi marta 1694-y. da tashkil topdi. 1708-y. da Grenadyorlar rotalari 5 ta grenader polkiga ailantirilgan. 1811-y. da Grenadyorlar diviziyalari,1814-y. da esa G. korpuslari tashkil qilindi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x