GRAVITATSION ANOMALIYA

GRAVITATSION ANOMALIYA, ogʻirlik anomaliyasi — Yer kurrasining aniq nuqtasida kuzatiladigan ogʻirlik kuchi bilan uning nazariy miqdori (ogʻirlik kuchining normal taqsimoti formulasidan hisoblangan kattalik) oʻrtasida farq boʻlishi. Ogʻirlik kuchi geografik kenglikka va Yerning shakliga bogʻliq boʻlib, kuzatiladigan kattalik yagona yuza sathi — dengiz sathi (geoid)ga nisbatan ifodalanadi. Yer sathidan h balandlikda ogʻirlik kuchining kamayishi — 2gh/R»—0,0003086 Gal ga teng, bu yerda K — Yer radiusi, g — ogʻirlik kuchi tezlanishining oʻrtacha qiymati (1 Gal = 1 sm/s2).

Gravitatsion anomaliya havodagi anomaliya boʻlib, Faya anomaliyasi deb ataladi. Yerning dengiz sathiga nisbatan I qoʻshimcha qatlamining tortishish kuchi (taʼsiri)ni hisobga olganda ogʻirlik kuchi oʻzgarishi — 2gh/R + 2nfah~( — 0,0003086+0,0000418o)/! Gal ga teng, bu yerda o — qatlam zichligi, / — tortishish doimiysi. Bu ifoda yordamida aniqlangan Gravitatsion anomaliya Buge anomaliyasi deb ataladi. Gravitatsion anomaliyani aniqlash natijalari izoanomal, yaʼni Gravitatsion anomaliya bir xil qiymatli egri chiziqlar orqali ifodalangan kartalar yordamida tasvirlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x