GRANITLANISH

GRANITLANISH — Yer poʻstining chuqur qismlarida boʻladigan murakkab jarayonlar natijasida turli (choʻkindi, otqindi, metamorfik) togʻ jinslarining oʻzgarib, tarkibi, tuzilishiga koʻra granitga oʻxshash jinsga aylanishi Granitlanishga uchragan jinslarning tarkibi va strukturasi butunlay oʻzgarib ketadi. Granitlanish togʻ jinslarini ishqorli metallar va SiO2 b-n boyishi va ulardan Fe, Mg va Sa chiqib ketishi va magma hosil boʻlishi b-n bogʻliq; u asosan geosinklinallarning juda chuqur zonalarida burmalar hosil boʻlishi paytida rivojlanadi. Granitlanish toʻgʻrisida turli fikrlar bor. Vir guruh olimlar Granitlanish yer bagʻridan chiqadigan gaz va suyuq eritmalarning togʻ jinslariga taʼsiri natijasida paydo boʻladi deyishsa, boshqalari Granitlanish qattiq jinslar ionlarining bir-biri bilan aralashishi (diffuziyasi) natijasida hosil boʻladi deydilar. Granitlanish magmaning togʻ jinslariga taʼsiri natijasida sodir boʻladi degan fikrlar ham bor. Yer poʻstida boʻladigan jarayonlarni aniqlashda Granitlanishning ahamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x