GRANATOMYOT

GRANATOMYOT — 1) dastaki Granatomyot dushmanning zirhli nishonlariga, jonli kuchlari va harbiy texnikasiga zirhni teshadigan yoki parchalanadigan fugas granata bilan shikact berish uchun muljallangan qurol. Granatomyotning bir marta va koʻp marta ishlatiladigan; tuzilishiga koʻra, dastaki, miltiqqa oʻrnatib va stanokka oʻrnatib otadigan; vazifasiga koʻra, tankka qarshi, piyodalarga qarshi; stvolining tuzilishiga koʻra, stvolining ichi silliq, qirqimli va stvoli buklanadigan xillari bor. G. ning kalibri 30—90 mm, nishonga olish uzokligi 1000 m gacha. Miltiqqa oʻrnatib otadigan Granatomyotda granata oʻqsiz patron zaryadining poroxli gazi yordamida otiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x