GRAFIK (lot. graphikos — chizilgan) — 1) biror kattalik (mas, tezlik)ning boshqa kattalik (mas, vaqt) ga bogʻliqligini yaqqol koʻrsatish uchun qoʻllaniladigan chizma. Mas, barograf havo bosimining vaqtga bogʻliqlik grafigini chizadi;
2) i. ch. grafigi — biror korxonada mahsulot ishlab chikarishning chizma yoki jadval tarzida ifodalangan rejasi;
3) t. i. grafigi — poyezdlar harakatini vaqt bilan bogʻlab tuziladigan jadvali;
4) mat. da — funksiyaning oʻzgarish tarzi haqida yaqqol tasavvur beradigan egri chiziq [mas, u = (fx)].