…GRAF (yun. grapho — yozaman) — qoʻshma soʻzning tarkibiy qismi boʻlib, quyidagi maʼno ifodalarini bildiradi:
1) nimanidir yozib oluvchi, tavsiflovchi, tadqiq etuvchi (inson haqida: mas, biograf, geograf, fotograf);
2) nimanidir tiklovchi, qayd etuvchi, roʻyxatga oluvchi (narsa haqida: mas, ossillograf, barograf).