GOʻSHT-SUYAK UNI

GOʻSHT-SUYAK UNI — oqsil mineralli ozuqa. Goʻshti yeyishga yaroqsiz deb topilgan hayvonlar goʻshtini goʻsht kombinatlarida maxsus kamerada yuqori qarorat va havo bosimida quritib tayyorlanadigan (un qilingan) ozuqa. 1 kg G.-s. u. da, 1,04 ozuqa birligi, 900 g quruq modda, 400 g tozalanmagan va 341 g hazmlanuvchi protein, 21,7 g lizin va 8,8 g metioninsistin aminokislotalari bor. Shuningdek, G.-s. u. kalsiy, fosfor, mikro-elementlarga, V guruhi vitaminlariga boy. G.-s. u. asosan choʻchqalar, parrandalar, moʻynali hayvonlar ratsioniga, shuningdek, turli aralash yogʻlarga toʻyimliligini oshirish uchun qoʻshiladi. Baliq ovlash flotlari ovlaydigan dengiz hayvonlari goʻshtidan ham G.-su. tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x