GORMONAL REGULYATSIYA

GORMONAL REGULYATSIYAodam va umurtqali hayvonlar hayot faoliyatining gormonlar orqali boshqarilishi. Ichki sekretsiya bezlari ajratgan gormonlar qonga oʻtib, organizmda oqsil, yogʻ, uglevod, suv va mineral tuzlar almashinuvining bir maromda kechishini taʼminlaydi (mas, insulin uglevodlar almashinuvida bevosita ishtirok etadi). Gormonlar ishlab chiqarilishi va ajralishini nerv sistemasi boshqaradi. Gormonal regulyatsiya gumoral regulyatsiya bilan oʻzaro bogʻliq holda faoliyat koʻrsatadi. Gormonlarning fermentlar sintezida ishtirok etishi, shuningdek, genlarning faollashtirish xususiyatlari aniqlangan. Gormonal regulyatsiya mexanizmlari orasida ayniqsa gormonlarning oqsillar biosinteziga taʼsiri oʻrganilgan boʻlib, ular asosida oʻsish, rivojlanish, toʻqimalar differensiatsiyalanishi, tuxum hujayra follikulalarining yetilishi kabi hayotiy muhim jarayonlar yotadi. Organizmda Gormonal regulyatsiyaning izdan chiqishi endokrin kasalliklar (kandli diabet, tireotoksikoz, gipotireoz, Isenkoqushing kasalligi va b.) va ayrim b. kasalliklar (yurak-tomir kasalliklari, xavfli oʻsmalar, allergik va ginekologik xastaliklar va b.)ning kelib chiqishiga olib keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x