GORELYEF (frans. haut — baland va relief — relyef, boʻrtma) — haykaltaroshlik turi. Tasvir (odam, hayvon, manzara va b.)ning yarmidan koʻprogʻi zamin sathidan boʻrttirib ishlanadi. G. Qad. Rim, Yunoniston, Hindiston meʼmorligi, haykaltaroshlik va bezak sanʼatida keng qoʻllanilgan (mas, Maharashtra shtati Karli qishlogʻidagi gʻor — Budda ibodatxonasi, mil. av. 1-a.). Oʻzbekiston hududidagi Ayritom (1—2a. lar), Varaxsha (8-a.) xarobalaridan tosh va ganchdan ishlangan Gorelyeflar topilgan (raqqosa, sozanda, ot, jayran shakllari). Toshkent metrosining «Sobir Rahimov», «Buyuk Ipak yoʻli», «Mustaqillik maydoni» bekatlaridagi lavhalarda Gorelyef qoʻllanilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые