GORBACHEV Mixail Sergeyevich

GORBACHEV Mixail Sergeyevich (1931.2.3, Stavropol oʻlkasi, Privolnoye qishlogʻi) — siyosiy arbob; SSSRning 1 – va oxirgi prezidenti (1990-91). KPSS MK Bosh kotibi (1985—91). Moskva davlat un-ti yuridik fakultetini (1955) va Stavropol q.-x. in-tini (1967) tamomlagan. 1970-y. apr. dan KPSS Stavropol oʻlka qoʻmitasining 1-kotibi. KPSS MK kotibi (1978 — 85), SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1988 — 89). SSSR Oliy Soveti raisi (1989 — 90). KPSS MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1980—91). Kfl uma qurish va jamiyatni demokratiyalashtirish jarayonini boshlab berdi. Gorbachev olib borgan siyosat Gʻarbda qoʻllabquvvatlangan bir paytda mamlakatdagi izchil kommunistlar va harbiylar uning faoliyatiga qarshi edilar. Bu xildagi qarama-qarshiliklar, siyosatni yuritishda izchillikka rioya qilmaslik natijasida jamiyat hayotining hamma sohalarida tanazzulning kuchayishi yuz berdi. KPSS faoliyati tugagach va SSSR tarqalib ketgach, G. Bosh kotib va Prezident lavozimlaridan isteʼfoga chiqdi. 1991-y. dek. dan Xalqaro ijtimoiy-iqgisodiy va siyosatshunoslik tadqiqotlari jamgʻarmasi («Gorbachev jamgʻarmasi»)ning prezidenti. Tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatgan faoliyati uchun Nobel mukofoti laureati (1990).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x