Google Chrome brayzerida «mehmon rejimi»

DO`STLARGA ULASHING:

Google Chrome brayzerida «mehmon rejimi»
#ancha_foydali

Internet shunday rivojlanib ketganki, u yerdagi har bir qadamingiz saqlanib boriladi: kirgan saytlaringiz, jo’natgan fayllaringiz, ko’rgan videolaringiz va hokazo. Bu ma’lumotlar, brauzer, internet provayder, sayt tomonidan saqlanib boriladi.

Kim nimani egasi bo’lsa, usha odam o’z mahsuloti orqali kerakli ma’lumotlarni ko’ra oladi, misol uchun, siz sayt egasi bo’lsangiz foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni ko’ra olasiz, agar siz internet provayderda ishlasangiz, sizning internetdan foydalanayotgan barcha foydalanuvchilarni nazorat qila olasiz.

Bundan kelib chiqadiki, agar sizning kompyuterdan kimdur foydalansa, yoki siz birovning kompyuterini ishlatsangiz, siz kirgan saytlar brauzerda saqlanib qoladi va uni kompyuter egasi ko’rishi mumkin.

Brauzerda kirilgan yo’llarni o’chirib tashlash mumkin, «Очистить историю» qilinadi, tamom, lekin ba’zida bu ishlarni qilish esdan chiqadi, yoki ortiqcha ishdek tuyuladi. Buni oldini olish uchun, brauzerga, kirilayotgan web sahifalarni saqlama degan buyruq berish mumkin. Bu buyruqni, «mehmon rejim»(Гостевой режим) imkoniyatini yoqib qo’ygan holda berish mumkin.

Bu rejimda, siz kirgan saytlar, cookie fayllar saqlanib qolinmaydi, Google Chrome brauzerida, bu rejim orqali kirish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Google Chrome yorlig’i(ярлык)ni ustida sichqonchani o’ng tugmasi bosiladi va «Свойства».
2. «Ярлык» vkladkasiga o’tiladi.
3. «Объект» degan qismida, dasturni ishga tushirish adresi yozilgan bo’ladi, shu qatorni oxiriga borib, qo’shtirnoqdan so’ng, probel tashlagan holda, —guest deb yoziladi va «Применить» →OK.

Shundan so’ng, shu yorliq orqali Google Chrome ochilsa, brauzer «mehmon rejim»da ishlaydi, bu haqida brauzerni ochganingizda, yozilib turgan matn orqali bilib olishingiz mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x