DO`STLARGA ULASHING:
Googleʼdan oqilonalik bilan foydalaning.
1. Qidirayotgan narsani “qoʻshtirnoq” ichiga olish. Shu holatda qidirsangiz, aynan qidirgan soʻzingizni oʻzgarmagan holda natijasini chiqaradi.
2. “-“ chiziqcha bilan qidirish. Bu holdagi qidiruv natijasida chiziqcha bilan yozgan soʻzingiz yoʻq boʻlgan natijani chiqaradi. Masalan: “pizza recipe -tomato” shaklida qidiruv bersangiz, pitsa masalligʻida pomidor yoʻq boʻlgan retseptlarni natijani koʻrsatadi.
3. “~“ toʻlqinli chiziqcha bilan qidirish. Bu belgi orqali qidirsangiz, Google sizga sinonimlar qatnashgan natijalarni ham chiqarib beradi. Masalan: “music ~lessons” deb qidiruv bersangiz, “lessons” soʻziga sinonim boʻlgan soʻzlar bilan qoʻshib qidiradi.
4. “site:“ saytni nomini yozish orqali. Masalan yangiliklarni qidiryapsiz va buni aynan bitta saytdan boʻlishini xohlayapsiz, bu holda “futbol haqida site:daryo.uz” deb yozsangiz natija faqat ushbu saytdan olingan sahifalarni koʻrsatadi.
5. Google konvertatsiya. Masalan: “1000$ USD to UZB” deb qidiruv bersangiz, dollar kursini oʻzbek soʻmiga aylantirib hisoblab beradi.
6. Google kalkulyator. Masalan: “45% of 2000” deb qidiruv bersangiz, 2000 ni 45% da chiqarib beradi. Bu kalkulyator orqali hisoblashga oid turli operatsiyalarni bajarsa boʻladi.
7. Filetype. Yaʼni qidirayotgan narsangiz faylda boʻlishi. Masalan: “Learn JavaScript filetype: pdf” deb yozsangiz Javascript oʻrganishga pdf qoʻllanmalarini chiqarib beradi.
© Zafarbek Ibrohimov
👉 @ITStarsUz