GONCHAROV Ivan Aleksandrovich [1812.6(18).6, Simbirsk – 1891.15(27).9, Peterburg] — rus yozuvchisi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1860). Moskva untini tugatgan (1834). Realistik proza ustasi. Dastlab romantik sheʼrlar, qissalar yozgan. «Pallada kemasi» ocherklar turkumi (1855—57)da Osiyo va Yevropa xalqlarining turmushi, axloqi va ruhiyati aks etgan. «Oddiy voqea» (1847), «Jarlik» (1869) romanlari 19-a. tanqidiy realizmining eng yaxshi namunalaridir. Ularda 40—60-y. lardagi rus vokeligi va davrning qayotiy tavsiflari anik, tasvirlangan. «Oblomov» (1859) romanida krepostnoylik munosabatlari mahsuli boʻlgan «oblomovchilik» dangasalik, qoloqlik ramzi ekanligini, uning chuqur ijtimoiy va realistik mohiyatini ochib berdi. «Zamon zayli» romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1984).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые