GOMOZIGOTALIK (gomo… va zigota) — genotipida muayyan genning bir xil allellarini saqlovchi organizmlar holati. Gomozigotalik bir xil allellarga ega boʻlgan urugʻ va tuxum hujayrasining qoʻshilishidan hosil boʻladigan, yaʼni urugʻlangan tuxum hujayraning rivojlanishi tufayli yuzaga keladi. Gomozigotalik keyingi avlodlarda faqat oʻz-oʻzidan changlanadigan oʻsimliklarda saqlanib qoladi. Chetdan changlanadigan va fakultativ oʻz-oʻzidan changlanadigan oʻsimliklarda (mas, gʻoʻza) organizmlar odatda geterozigotalik holatga oʻtadi. Shu sababli bunday oʻsimliklarda qator avlodlar davomida Gomozigotalik organizmlar olish va saqlash uchun inbriding, yaʼni yaqin qarindosh organizmlar oʻrtasida duragaylash usulidan foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые