GOLMIY (lot. Holmium) , No Mendeleyev davriy sistemasi III guruhining lantanoidlar turkumidagi kimyoviy element. Atom raqami 67, at. m. 164,94. Birgina barqaror izotopi 65No bor. 1879-y. da shved kimyogari P. Kleve kashf etgan. G. Yer poʻstining massa jihatdan 1-10~4% ini tashkil qiladi. Tabiatda ittriy guruhchasi elementlari bilan birga uchraydi. Golmiy — oqish kulrang metall. 1428° gacha geksogonal panjarali a-No (zichligi 8,799 g/sm3) holatda, 1428° dan yuqori t-rada esa kubik panjarali, suyuqlanish t-rasi 1470°, qaynash t-rasi 2707°, zichligi 8,82 g/sm3 r-No holatda barqaror. Ferromagnetik, mexanik ishlovga oson beriladi. Havoda – 20° da sekin, 100° dan yuqori t-rada tez oksidlanadi. Mineral kislotalar (ftorid kislotadan tashqari) taʼsir ettirilganda No3+ tuzlarini qosil qiladi; ishqorlar taʼsiriga berilmaydi. Qizdirilganda N2, H2, S12, J2 va Gʻ2 bilan reaksiyaga kirishadi. G. NoGʻ3 ni kalsiy bilan qaytarib olinadi. Golmiyning birikmalari kimyo va yengil sanoatda, lok va boʻyoklar, katalizatorlar, fotoreagentlar tayyorlashda, q. x. da oʻsimliklarning oʻsish jarayonini tezlashtiradigan oʻgʻit sifatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые