GOLDBAX MUAMMOSI (sonlar nazariyasida) — beshdan katta har qanday butun sonni uchta tub son yigʻindisi tarzida ifodalash mumkinligi haqidagi muammo. Bu masalani nemis matematigi X. Goldbax ilgari surgan edi. L. Eyler esa toʻrtdan katta har qanday juft sonni ikki tub son yigʻindisi tarzida ifodalash mumkinligini isbotlash kifoya, degan fikrni aytgan edi. Lekin 19-a. mobaynida ham bu masala hal qilinmagan edi. Shuning uchun u «Goldbax muammosi» nomi bilan atala boshladi. 1937-y. da akad. I. M Vinogradov xar kanday katta toq son uchun Goldbax muammosini hal etdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые