GOFFMAN REAKSIYALARI

GOFFMAN REAKSIYALARI — alifatik aminlar olish uchun A. V. Goffman taklif etgan reaksiyalar. Uch turi bor.

1) Karbon kislotalar amidlarining ishkrriy metallar gipogalogenidlari taʼsirida birlamchi aminlarga aylanishi (Goffman qayta guruxlanishi): R+NaBrO – > RNH2+CO2+NaBr Reaksiya natijasida amidning karbonil guruhi SO2 holida ajralib chiqib, boshlangʻich amidlarga nisbatan bir uglerod atomi kam boʻlgan aminlar hosil boʻladi. Goffman reaksiyalari spirtli muhitda oʻtkazilganda reaksiya mahsuloti sifatida uretanlar (RNHOCOR) vujudga keladi. Goffman reaksiyalari yordamida alifatik, yogʻ-aromatik, aromatik va geterotsiklik aminlar, diaminlar va aminokislotalar olish mumkin. Sanoatda Goffman reaksiyalari antroanil kislota sintez qilish uchun qoʻllaniladi. Reaksiya 1881-y. da kashf etilgan.

2) Ammiakka alkillovchi reagentlar (galogenalkillar, dialkilsulfatlar va b.) taʼsir ettirib alifatik aminlar olish. Reaksiya mahsuloti sifatida birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlar hamda toʻrtlamchi ammoniy asosi aralashmasi hosil boʻladi; mas, CH3J ishlatilganda [CH3NH3]J; [(CH3)2NH,] J; [(CH3)3NH]J va [(CH3)4N]J hosil boʻladi. Reaksiya 1850-y. da kashf etilgan.

3) Toʻrtlamchi ammoniy asosli gidroksidlarning termik parchalanishi natijasida oʻlchamli aminlar va olefinlar hosil boʻlishi [RCH2CH2 N RʻR»R»]OH—————->RCH=CH2+RʻRʻR*>I+H2O .

Agar toʻrtlamchi azot atomi turli oʻrinbosarlar bilan bogʻlangan boʻlsa, qoʻsh bogʻli, tarkibida eng kam sonli alkil oʻrinbosarlari boʻlgan olefin hosil boʻladi (Goffman qoidasi). Goffman reaksiyalari qoʻllanishining muhim yoʻnalishi alkaloidlarning tuzilishini tekshirishdir. Reaksiya 1851-y. da kashf etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x